Bahrayn-2025: Sportchilarimiz kecha 5 ta oltin medal olishdi

Bahraynda bo'lib o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston delegatsiyasi uchun kechagi kun sermahsul o'tdi.
Sportchilarimiz kun davomida 5 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo'lga kiritishdi.
Oltin:
- Omadbek Otabekov (taekvondo WT, -63 kg)
- Asadbek Turdiboev (muay-tay, U15, -51 kg)
- Muzaffar Norxo'jaev (muay-tay, U17, -54 kg)
- Parizoda Talabova (engil atletika, nayza uloqtirish)
- Anastasiya Silchenkova (engil atletika, 3000 metr)
Kumush:
- Asadbek Samandarov (taekvondo WT, -55 kg)
Delegatsiyamiz 14 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medallari bilan hamon Xitoydan keyin umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinda ketmoqda.
Manba: olympic.uz