Bahrayn-2025: Osiyo o'yinlarida kecha 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdik

O'zbekiston delegatsiyasi III Osiyo yoshlar o'yinlarining kechagi kun dasturidan olgan bellashuvlarini yakunladi. Kun davomida 2 nafar og'ir atletikachimiz 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Bronza:
- Munisa Odilova (og'ir atletika, -48 kg, dast ko'tarish)
- Hayotbek Ermatov (og'ir atletika, -71 kg, dast ko'tarish)
Delegatsiyamiz 14 ta oltin, 5 ta kumush va 11 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinchi o'rinda ketmoqda.
Manba: olympic.uz