“Bahrayn-2025”: O'zbekiston delegatsiyasining oltin medallari 21 taga etdi

Bahrayn poytaxti Manama shahrida o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi III Osiyo o'yinlarining 11 kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o'tmoqda.
Aniqroq aytadigan bo'lsak, dzyudo bo'yicha o'tayotgan bellashuvlarda Dilafro'z Boltaboeva (-40 kg), Abubakr Sattorov (-55 kg) kabi polvonlarimiz oltin medalga sazovor bo'ldi. Alina Kolyucheva hamda Davlat Ahrorov esa kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Shohjahon Usmonov o'z vazn toifasida bronza medaliga ega chiqdi.
Og'ir atletika bo'yicha vazni -69 kg. bo'lgan qizlar o'rtasida Shahnoza Haydarova dast ko'tarishda 97 kg. natija bilan kumush medalni qo'lga kiritdi. erkin kurashchimiz Shahobiddin Nurmonov (-48 kg) kumush Abdumalik Jaloliddinov esa (-55 kg) bronza, ayollar kurashida Shohista Shonazarova (-43 kg) shohsupaning ikkinchi o'rnidan joy oldi.
Ayni damda O'zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 21 ta oltin, 10 ta kumush 19 ta bronza medaliga etdi.