Bahraynda o'tayotgan III Osiyo yoshlar o'yinlarining bugungi bahslari ham O'zbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Hamyurtlarimiz kurash va penchak silat bahslarida 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini jamg'arishdi.

Oltin:
- Madinabonu Karimova (kurash, -52 kg)
- Shohjahon G'olibov (kurash, -83 kg)
- Nurislom Ro'ziboev (penchak silat, -63 kg)

Bronza:
- Feruza Bozorova (penchak silat, -55 kg)

Manba: olympic.uz