O'zbekiston delegatsiyasi Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o'yinlarini muvaffaqiyatli boshladi. Bugun kurash dasturi doirasida ishtirok etgan hamyurtlarimiz Otabek Yo'ldoshboev (-65 kg) hamda Durdona Tursunova (-70 kg) oltin medallarga sazovor bo'lishdi.

Tursunova finalda Qirg'iz Respublikasi vakilini, Yo'ldoshboev esa Eron vakilini ishonchli hisoblarda mag'lubiyatga uchratishdi.

Musobaqada qatnashadigan qolgan yurtdoshlarimizga ham mana shunday yorqin g'alabalar tilab qolamiz!

Manba: olympic.uz