Bahrayndagi III Osiyo yoshlar o'yinlari davom etmoqda.

Og'ir atletika bo'yicha murosasiz ruhda kechgan +77 kg vazn toifasidagi bellashuvlar o'z nihoyasiga etdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Mohinur Esonboeva shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy egallaydigan bo'ldi.

Sportchimiz siltab ko'tarish dasturida 129 va 137 kilogramm og'irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko'tardi va shunday natija bilan bronza medalini qo'lga kiritdi.

Yana bir e'tiborga molik jihat — O'zbekiston ayollar terma jamoasi III Osiyo yoshlar o'yinlarini 100 foizlik natija bilan yakunlamoqda!

Musobaqada ishtirok etgan 6 nafar qizlarimizning barchasi shohsupaga ko'tarildi.