22-31-oktyabr kunlari o'tkaziladigan Bahrayn-2025 yoshlar Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olgan jamoaviy sport turlari uchun qur'a tashlandi.

Unga ko'ra, musobaqada qatnashadigan jamoalarimiz quyidagi guruhlardan o'rin oldi:

Futzal
Yigitlar, “A” guruhi: Bahrayn, O'zbekiston, Afg'oniston, Xitoy.

Gandbol
Qizlar, aylana tizim: Xitoy, Hindiston, Qozog'iston, Gonkong, O'zbekiston, Tailand, Eron.

Yigitlar, “D” guruhi: O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Qatar, Maldiv orollari.

Voleybol
Yigitlar, “S” guruhi: O'zbekiston, Qozog'iston, Saudiya Arabistoni.