Bahrayn-2025. Futzal. Yoshlarimiz Afg'onistonga yirik hisobda yutqazib qo'yishdi

Bahraynda bo'lib o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston futzal jamoasi musobaqadagi o'zining ilk o'yinini o'tkazdi.
Dilshod Rahmatov shogirdlariga Afg'oniston yoshlar terma jamoasi raqib bo'ldi. Unda afg'onistonliklar 10:2 hisobida g'alaba qozonishdi. O'zbekistonning gollariga Izzat Aytbaev va Islom Ibragimov mualliflik qilishdi.
Jamoamiz keyingi bahsni 26 oktyabr kuni Bahraynga qarshi o'tkazadi.
Manba: stadion.uz