Bahrayn-2025: Bugun sportchilarimiz ishtiroklarini boshlashadi

Bugun Bahraynda III Osiyo yoshlar o'yinlarida O'zbekiston delegatsiyasi o'z ishtirokini boshlaydi. Kun davomida sportchilarimiz kurash va penchak silat bo'yicha bahs olib borishadi.
Kurashchilarimizdan Otabek Yo'ldoshboev (-65 kg) va Durdona Tursunova (70 kg) ishtirok etishsa, penchak silat bahslarida Nurislom Ro'ziboev (-63 kg) hamda Feruza Bozorova (-55 kg) bahslarga kirishadi.