Bahrayn-2025: Bugun 5 nafar bokschimiz yarim finalga yo'l oldi

III Osiyo yoshlar o'yinlari doirasida boks bo'yicha chorak final bosqichi boshlandi. Bugun ringga ko'tarilgan 6 nafar hamyurtimizning 5 tasi g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi.
-50 kg: Nazokat Mardonova — Maral Tolepbergen (Qozog'iston) 5:0
-54 kg: Qumriniso Muhammadova — Vu Chieh-Ju (Xitoy Taypeyi) 5:0
-60 kg: Rushanabonu Isoeva — Indira Kidirmoldaeva (Qozog'iston) texnik nokaut
-66 kg: Ulbosin Jalgasbaeva — Nannaphat Mungpingklang (Tailand) 5:0
+80 kg: Mavjuda Abdusaidova — Anshika (Hindiston) 2:3
-46 kg: Abdug'ani Yorqinjonov — Abdurahim Ovezguliev (Turkmaniston) 5:0
Manba: olympic.uz