Badjo va Materatstsi futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilarni aytishdi

Italyan futboli afsonalari Roberto Badjo va Marko Materatstsi barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi haqidagi bahsda ishtirok etishdi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Badjo uch nafar futbolchini alohida qayd etdi – Pele, Lionel Messi va Diego Maradona.
«Bunday reytinglarni tuzish juda qiyin, chunki bu futbolning mag'zini anglatadi. Bu uchlik doimo boshqalardan ajralib turgan. Ammo bugungi kunda men Messini tanlayman, chunki u 20 yil davomida sifat va miqdor nuqtai nazaridan aqlbovar qilmas ishni amalga oshirmoqda. Agar bittasini tanlash kerak bo'lsa, men aynan uni aytaman», — dedi Badjo.
2006 yilgi jahon chempioni Marko Materatstsi esa boshqacha fikrda bo'lib, braziliyalik Ronaldoni eng buyuk futbolchi deb hisoblaydi.
«Men har doim bir gapni aytaman: men uchun eng zo'ri — u. Ronaldoning deyarli tizzalarisiz va aqlbovar qilmas tezlikda qilgan ishlarini hech kim uddalay olmagan. Uning o'yinini tomosha qilganda va o'sha davrda futbol qanchalar qo'pol bo'lganini eslaganda, uning haqiqiy o'zga sayyoralik bo'lganini tushunasiz. Krishtianuga hurmat saqlagan holda aytamanki, bu — haqiqiy Ronaldo», — dedi Materatstsi.
15 iyul kuni Lionel Messi etakchiligidagi Argentina terma jamoasi Jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar