Badiiy gimnastika. Taxmina Ikromova yana bir karra Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi

Qirg'iz Respublikasida o'tkazilayotgan badiiy gimnastika bo'yicha Osiyo chempionatining navbatdagi bellashuvlari ham O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tdi. Qiziqarli chiqishlar ostida kechgan bahslarda sportchilarimiz 4 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Oltin medal:
Taxmina Ikromova (kattalar, yakkalik ko'pkurash)
Guruh mashqining ko'pkurash dasturi (kattalar)
Sabina Kagirova (yoshlar, to'p bilan mashq)
Guruh mashqining 5 ta to'p bilan mashqi (yoshlar)
Bronza medal:
Natalya Usova (kattalar, yakkalik ko'pkurash)
Manba: olympic.uz