O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro  futbolchilarimiz — Otabek Shukurov va Akmal Mozgovoy to'p suradigan «Baniyas» klubining «Ad-Dafra»ga qarshi uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qildi.

"Baniyas" safardagi 10-tur bahsida 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Otabek Shukurov o'yinni asosiy tarkibda boshlab, jamoasining 58-daqiqadagi ikkinchi goliga assistentlik qildi.

Akmal Mozgovoy esa 68-daqiqada zaxiradan tushib, 90+2-daqiqada sariq kartochka oldi.

"Baniyas" ushbu g'alaba evaziga o'z ochkolarini endigina 7 taga etkazib, jadvalda 11-o'ringa ko'tarildi.

Manba: stadion.uz