Aziz G'aniev so'nggi bor qachon O'zbekiston milliy jamoasi asosiy tarkibiga kiritilgan edi?

Bir necha daqiqadan so'ng O'zbekiston milliy jamoasi Urugvayga qarshi nazorat o'yinini o'tkazadi. Ushbu bahs uchun jamoalar tarkibi e'lon qilindi.
Vakillarimiz safida yarim himoyachi Aziz G'aniev asosiy tarkibga kiritilgan. Bundan avval 27 yoshli futbolchimiz so'nggi bor "oq bo'rilar" safida 2023 yilning 13 oktyabr kuni Vetnamga qarshi nazorat o'yinida (2:0) asosiy tarkibga kiritilgan edi. O'shanda jamoamizni Srechko Katanets boshqarayotgan edi. Roppa-rosa 2 yillik tanaffusdan so'ng G'aniev yana asosiy tarkibda.
Futbolchi terma safida umumiy 18 ta o'yin o'tkazgan. Hozircha uning hisobida gol yoki assist yo'q.
Manba: www.stadion.uz.