Aziz G'aniev: «Nasib qilsa, «Nasaf» yana chempion bo'ladi»

Hozirda BAAning "Al-Bataeh" klubida faoliyatini davom ettirayotgan yarim himoyachi Aziz G'aniev "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvidan (2:2) so'ng qarshiliklarning chempionlik uchun imkoniyatlarini baholadi.
"Nasaf"ning bugungi o'yiniga tashrif buyurgandik. Yaxshi o'yin bo'ldi. Ular bir qancha vaziyatlardan foydalana olmadi. "Nasaf" chempionlikka asosiy da'vogarlardan biri, nasib qilsa, ular yana chempion bo'ladi", - dedi G'aniev TopPodcast sahifasi uchun qisqa intervyusida.
Milliy jamoamizning 27 yoshli futbolchisi, 2016/2020 yillar davomida "ajdarlar" tizimida harakat qilgan. U jamoa uchun 115 ta o'yinda 10 ta gol urib, 13 ta assist bergan.
Manba: www.stadion.uz.