Azar faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin

«Anderlext»ning belgiyalik yarim himoyachisi Torgan Azar «Lans»ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi shu yozda «Anderlext» bilan shartnomasi muddati tugagach, «Lans» safiga qaytishi mumkin. Azar frantsuz klubi bilan hamkorlik shartlari bo'yicha kelishib olgan, tomonlar 2028 yilning yozigacha amal qiladigan shartnoma imzolashadi.
Torgan Azar faoliyatining dastlabki bosqichida ham «Lans» sharafini himoya qilgan. Shuningdek, futbolchining faoliyatida Dortmundning «Borussiya»si, Myonxengladbaxning «Borussiya»si, PSV va boshqa bir qator jamoalar bor.