"Chelsi"ning sobiq qanot hujumchisi Eden Azar Angliya premer-ligasida eng kam baholangan futbolchi haqidagi savolga javob berdi.

"Bu yaxshi savol. Bilasizmi, "Chelsi" muxlisi sifatida aytamanki, bu Moyses Kaysedo. O'ylashimcha, u hozirda Premer-liganing eng yaxshi futbolchisi hamdir", - dedi Azar Goal nashriga bergan intervyusida.

Tayanch yarim himoyachisi 2023 yilning yozida "Brayton"dan London klubiga o'tgandi. Joriy mavsumda ekvadorlik futbolchi barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 110 mln evroni tashkil etadi.