"Chelsi"da etti mavsum o'tkazgan Eden Azar Angliya Premer-ligasi Shon-sharaf zaliga kiritildi.

Premer-liga Shon-sharaf zalida endi 26 ta a'zo bor.

Oldinroq nafaqaga chiqqan futbolchilar va murabbiylar Premer-liga Shon-sharaf zaliga kiritilishi mumkinligi aytilgandi.

Nomzodlar tanlangandan so'ng, avval muxlislar ovoz berishadi, keyin esa allaqachon Shon-sharaf zalida bo'lganlar ovoz berishadi.