Ayollar Osiyo kubogi. O'zbekiston ayollar terma jamoasi Janubiy Koreyaga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogining chorak final bosqichida O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv Janubiy Koreya futbolchilari ustunligida o'tdi va yakunda 6:0 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, futbolchi qizlarimiz musobaqaning yarim finaliga yo'llanma olish imkoniyatini qo'ldan chiqarishdi.
Shu bilan birga, O'zbekiston terma jamoasi hali jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurashni davom ettiradi. Qizlarimiz pley-off uchrashuvida Yaponiya — Filippin juftligida mag'lub bo'lgan jamoaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahsda g'alaba qozongan jamoa jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Manba: stadion.uz