Ayollar OChL. «Sevinch» qo'shib berilgan daqiqalarda gol o'tkazib, Avstraliya jamoasiga mag'lub bo'ldi

Qarshining «Sevinch» klubi ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionlar ligasi chorak final bahsini o'tkazdi. Jamoamiz Avstraliyada mahalliy "Melburn Siti" klubiga qarshi maydonga tushdi.
Bahsning 39-daqiqasida Xolli MakNamara hisobni ochgan bo'lsa, oradan 4 daqiqa o'tib Zarina Mamatkarimova muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda mezbonlar g'alabani to'pini kiritishdi. Gol muallifi — Chinaza Uchendu.
Shu tariqa, "Sevinch" musobaqadagi yurishini ushbu bosqichda yakunladi.
Ayollar OChL. Chorak final
"MEL'BURN SITI" - "SEVINCh" - 2:1 (1:1)
Gollar: Xolli MakNamara (39), Chinaza Uchendu (90+1) — Zarina Mamatkarimova (39)
Manba: stadion.uz