"Ayntraxt Frankfurt" o'zining rasmiy veb-saytida Yaponiya U21 jamoasida o'ynaydigan chap qanot himoyachisi Keyta Kosugi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

19 yoshli futbolchi Germaniya klubiga Shvetsiyaning "Yurgorden" jamoasidan keladi va 1 yanvarda rasman jamoaga qo'shiladi. Shartnoma tafsilotlari oshkor qilinmadi, ammo Shvetsiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, transfer narxi taxminan 5,5 million evroni tashkil qiladi.

Kosugi 2025 yilgi mavsumda Shvetsiya ligasida 28 ta o'yinda maydonga tushib, beshta golli uzatmani amalga oshirdi. U Yaponiya U20 va U23 terma jamoalarida o'ynash tajribasiga ega.