«Ayntraxt» o'z yulduzi uchun 70 million evro talab qilmoqda

«Ayntraxt» klubining chap qanot himoyachisi Nataniel Braun faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
CaughtOffside nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchining transferiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» shu yozda futbolchining transferi bo'yicha taklif berishga tayyor. Biroq, germaniyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun «MYu» taxminan 70 million evro to'lashiga to'g'ri keladi.
Nataniel Braun 2024 yilda «Nyurnberg»dan «Ayntraxt»ga 3 million evro evaziga o'tgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Braunning bozor qiymatini 35 million evroga baholamoqda.