"Ayntraxt" eng yaxshi to'purari Jan Uzunni 80 million evroga baholagan.

Turkiya terma jamoasining 19 yoshli hujumkor yarim himoyachisiga allaqachon APL klublari qiziqish bildirgan.

"Ayntraxt" sport direktori Markus Kreshe kelasi yozda Uzun uchun 80 mln evro talab qiladi, deya xabar bermoqda Florian Plettenberg.

Janning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, kelishuvda tovon puli miqdori ko'rsatilmagan. Transfermarkt portali futbolchini 18 mln evroga baholamoqda.

Uzun Bundesliganing 6 o'yinida 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi, u jamoaning eng yaxshi to'purari va "gol+pas" tizimi bo'yicha etakchi hisoblanadi.