22 yoshli hujumchi Yunes Ebnutalib Frankfurtning "Ayntraxt" klubi safiga o'tdi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

Transfer 2026 yil 1 yanvarda amalga oshiriladi. Kelishuv 2031 yil yozigacha mo'ljallangan. Boshqa manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, joriy mavsumda Bundesliga 2'ning eng yaxshi to'purari bo'lgan futbolchining transfer summasi bonuslarni hisobga olmaganda 8 million evroni tashkil qiladi.

Marokashlik futbolchi "Elfersberg" safida 19 ta o'yinda 12 ta gol urdi.