"Ayntraxt" Braun uchun 60-70 mln evro so'raydi. Himoyachiga "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqmoqda

"Ayntraxt"ning 22 yoshli chap qanot himoyachisi Nataniel Braunga "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Madrid klubi skautlari futbolchini "Kyoln" (4:3) va "Atalanta"ga (0:3) qarshi o'yinlarda kuzatgani aytilmoqda.
Germaniya terma jamoasi futbolchisiga "Barselona" ham aniq qiziqish bildirmoqda, "Manchester Yunayted" esa vaziyatni kuzatib bormoqda.
Germaniya jamoasi Braun uchun 60-70 million so'rashi taxmin qilinmoqda.
Bu mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.