«Ayaks» «Vulverxempton» futbolchisi bilan kuchaydi

Angliyaning «Vulverxempton» klubi hujumchisi Tolu Arokodare Amsterdamning «Ayaks» klubi a'zosiga aylandi va ushbu dovruqli jamoaga boshidan kechirayotgan juda omadsiz davridan so'ng qayta tiklanishiga yordam beradi. Transfer hozircha ijara huquqi asosida amalga oshirildi, ammo futbolchini 22 million evroga sotib olish imkoniyati mavjud.
Biroq, bu majburiy optsiya emas — qolaversa, «Ayaks» futbolchilar uchun bunday pullarni to'lashga odatlanmagan, deya eslatadi nufuzli italiyalik jurnalist Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, Amsterdam klubi Niderlandiya chempionatining o'tgan mavsumini turnir jadvalida faqatgina beshinchi o'rinda yakunlagan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar