«Ayaks» «Jirona»ning sobiq murabbiyi Michelni tayinladi

Michel Sanches endi Niderlandiyada ishlaydi.
Mutaxassis may oyi oxirida besh yil davomida faoliyat yuritgan «Jirona»ni tark etgan edi. Bugun «Ayaks» uni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida e'lon qildi.
50 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. «Ayaks» Eredivizi (Niderlandiya chempionati)ning so'nggi mavsumini beshinchi o'rinda yakunladi va kelasi mavsum Konferentsiyalar ligasida ishtirok etadi.
