"Ayaks" iqtidoriga grand klublar da'vogar

Amsterdamning "Ayaks" klubi himoyachisi Jorti Mokioga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" 17 yoshli futbolchi uchun qishki transfer oynasida 25-30 million evro to'lashga tayyor.
Shuningdek, Mokio bilan bog'liq vaziyatni "Barselona", "Real", "Arsenal" va "Chelsi" kuzatmoqda.