"Ayaks" EChLga chiqa olmadi

«Ayaks» kelasi mavsumda ham Chempionlar ligasida ishtirok etmaydi.
Amsterdamliklar UEFAning eng nufuzli klublar turniriga yo'llanma olish imkoniyatini saqlab qolishlari uchun Erediviziyaning so'nggi turida «Xerenven»ni mag'lub etishlari shart edi, biroq ular durang o'ynashdi — 0:0.
Niderlandiyaning eng sovrindor klubi oxirgi uch mavsum ichida ikkinchi bor chempionatni beshinchi o'rinda yakunladi va EChL yo'llanmasidan mahrum bo'ldi. Ushbu omadsiz davrgacha «Ayaks» oxirgi marta 2000 yilda kuchli to'rtlikdan tashqarida qolgan edi.
Endi amsterdamliklar Konferentsiyalar ligasi yo'llanmasi uchun pley-off bosqichida kurash olib borishadi. Eslatib o'tamiz, Niderlandiya nomidan Chempionlar ligasida PSV va «Feyenoord» (to'g'ridan-to'g'ri umumiy bosqichda), shuningdek, NEK (saralash bosqichida) ishtirok etadi.
