Avstriya terma jamoasi darvozaboni Aleksandr Shlager 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan o'zaro o'yin oldidan Argentina terma jamoasi yulduzi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Messi uzoq vaqtdan beri juda yuqori darajadagi futbol namoyish etib kelmoqda. Bu o'yinchi ishonib bo'lmas darajadagi xarizmaga ega va buni uning jamoasidagi barcha his qiladi. Biz ushbu uchrashuvni intiqlik bilan kutyapmiz. Uni to'xtatib qolishga harakat qilamiz», — deya golkiperning so'zlarini Tyc Sports nashri keltirmoqda.

Argentina va Avstriya terma jamoalari o'rtasidagi bahs dushanba kuni, 22 iyun sanasida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, 1-turda evropaliklar Iordaniyani 3:1 hisobida mag'lub etishgan bo'lsa, «albiseleste» Jazoir ustidan ishonchli g'alabaga (3:0) erishgan edi.

Manba: Stadion.uz