«RB Leyptsig» yarim himoyachisi Kristof Baumgartner jarohat tufayli Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.

Avstriya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berishicha, futbolchi Tunisga qarshi o'rtoqlik o'yini (1:0) oldidan o'tkazilgan mashg'ulot chog'ida o'ng son mushagidan jarohat olgan. Tibbiy tekshiruv Baumgartnerning Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligini ko'rsatgan.

«Albatta, bu Kristof va terma jamoamiz uchun qayg'uli xabar. U muhim futbolchi va jamoamizdagi asosiy figuralardan biri edi. Ayni paytda biz uning tiklanish jarayonida to'liq qo'llab-quvvatlayapmiz», — dedi Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik.