Avstraliya terma jamoasi hujumchisi Nestori Irankunda JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Turkiyaga qarshi o'yinning (2:0) eng yaxshi futbolchisi bo'ldi, deb xabar bermoqda FIFA rasmiy sayti.

20 yoshli forvard uchrashuvning 27-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

Birinchi turdan so'ng, Avstraliya 3 ochko bilan "D" guruhida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga AQShdan keyingi o'rinda bormoqda. Turkiya esa to'plar nisbatiga ko'ra Paragvayni ortda qoldirgan holda uchinchi pog'onani band etgan.