Jahon chempionati-2026 guruh bosqichining birinchi turida Avstraliya terma jamoasi Turkiya milliy jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu natija haqida avstraliyaliklar ustozi Toni Popovich o'z fikrlarini bildirdi.

«Bu jamoani boshqarayotganimdan faxrlanaman. Biz nimagadir erisha oldik. Yosh futbolchilar ajoyib kombinatsiyalar uyushtirishdi va gollar kiritishdi. Bu natija ularga yanada ishonch bag'ishlaydi. Emotsional jihatdan bu uchrashuv bizdan ko'p kuch talab qildi. Ammo biz g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi SBS.

Jahon chempionatining navbatdagi o'yinida Avstraliya Paragvayni 4:1 hisobida tor-mor etgan AQSh terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.