«Fiorentina» yarim himoyachi Artyur Attaning transferi bo'yicha «Udineze» bilan kelishuvga erishdi. Bitim summasi 30 million evroni tashkil etadi, shuningdek, bonuslar va keyingi sotuvdan foiz ham ko'zda tutilgan, deb xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.

23 yoshli frantsiyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun allaqachon Florentsiyaga yo'l olgan. U «Udineze» safida ikki mavsum davomida to'p surdi. Yakunlangan mavsumda xavbek barcha turnirlarda 34 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Udineze» Italiya chempionati turnir jadvalini 10-o'rinda yakunladi, «Fiorentina» esa 42 ochko bilan 15-pog'onadan joy oldi.

Manba: Stadion.uz