ATP yakuniy turnirining g'olibi aniqlandi

Turinda ATP yakuniy turniri bo'lib o'tdi.
Finalda jahonning birinchi va ikkinchi raqamli raketkalari to'qnash kelishdi. Yannik Sinner Karlos Alkarasni ikki setda mag'lub etishni uddaladi.
Italiyalik tennischi bu g'alaba evaziga 5 million dollardan ko'proq ishlab oldi. Umuman esa Sinner bu mavsumda 19,12 mln dollar ishlab, etakchi bo'ldi.
Alkaras esa «Uimbldon» finalidan so'ng ilk bor mag'lubiyatga uchradi.