"Yuventus" hujumchisi Nikolas Gonsales "Atletiko"ga o'tishi mumkin.

Manbaga ko'ra, "matraschilar" 27 yoshli futbolchi uchun 15 mln evro taklif qilishga tayyor. Turinliklar uning uchun kamida 25 mln evro olishni istamoqda.

O'tgan mavsumda Gonsales A Seriyada 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.