Vinger Nikolas Gonsales "Yuventus"dan "Atletiko"ga doimiy asosda o'tishi mumkin.

"Matraschilar" 27 yoshli futbolchini Turin klubidan ma'lum shartlar asosida sotib olish sharti bilan ijaraga olgandi. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, "Atletiko" argentinalik futbolchidan mamnun va uni o'z safida olib qolishni rejalashtirmoqda. Transfer 32 mln evro va bonuslar ko'rinishida 1 mln evroga tushadi.

Manbaning ta'kidlashicha, agar futbolchi La Liganing joriy mavsumida kamida 21 ta o'yinda 45 daqiqa maydonda bo'lsa, Gonsalesni sotib olish majburiy bo'ladi. Ayni damda Nikoning barcha musobaqalarda Diego Simeone jamoasi uchun ettita o'yinda bitta gol urgan.