Madridning «Atletiko» klubi kelayotgan yozgi transfer oynasida markaziy chiziqni kuchaytirish uchun faol harakat boshlashni rejalashtirmoqda.

Insayderlarning xabar berishicha, Diego Simeonening short-listidan quyidagi futbolchilar o'rin olgan:

  • Ederson («Atalanta»): Bergamoliklar safida barqaror o'yin ko'rsatayotgan braziliyalik futbolchi madridliklarning asosiy maqsadlaridan biri.

  • Leon Gorettska («Bavariya»): Tajribali nemis yarim himoyachisi «Atletiko»ning o'yin uslubiga juda mos tushishi kutilmoqda. Shuningdek, u yozda erkin agentga aylanadi.

  • Ueston Makkenni («Yuventus»): Turinliklarning amerikalik universal futbolchisi ham Madrid klubi e'tiborida turibdi.