Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Markos Lorente jamoasining La Liganing joriy mavsumida g'alaba qozonish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

“Matraschilar” mavsumni qiyin boshlashdi: sakkizta o'yindan so'ng Diego Simeone shogirdlari liga peshqadami “Real Madrid”dan sakkiz ochko ortda qolmoqda.

Ammo Lorentening fikricha, "Atletiko" chempionlik uchun "Real" va "Barselona" kabi imkoniyatlarni saqlab qoladi.

"Bizning chempionlikni qo'lga kiritish imkoniyatimiz? 33,3%", – deb yozdi futbolchi.