"Atletiko" yangi forvard bilan kelishib oldi

"Atletiko" qishki transferlar vaqtida kuchayishni istamoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, Madrid klubi hujumchi Markos Leonardo bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Qayd etilishicha, "Atletiko" va "Al-Hilol" o'rtasidagi muzokaralar yuqori bosqichda. Gap 22 yoshli Leonardoni 40 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olish haqida ketmoqda.
"Atletiko" shanba kuni "Levante"ni mag'lub eta olmadi - 0:0. "Matraschilar" La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.