Madridning «Atletiko» klubi 30 yoshli hujumchisi Aleksandr Syorlotni yozgi transfer oynasida qo'yib yuborishi mumkin.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, «matraschilar» norvegiyalik forvardni 35 million evro evaziga sotishga tayyor. Futbolchining xizmatlariga anchadan beri «Yuventus» qiziqish bildirib kelayotgan edi, endilikda ushbu kurashga Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi ham qo'shildi.

Yakunlangan mavsumda Syorlot barcha turnirlarda 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 20 bor ishg'ol etdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchining «Atletiko» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari o'yinchining transfer qiymatini 18 million evroga baholashmoqda.

Manba: Stadion.uz