Madridning "Atletiko" klubi hozirda Saudiyaning "Ash-Shabab" jamoasida harakat qilayotgan Yannik Karraskoni jamoaga qaytarmaydi, deya xabar berdi Marca nashri.

Avvalroq, 31 yoshli belgiyalik futbolchi "matraschilar"ga o'z xizmatlarini taklif qilgan edi.

Karrasko 2015/18 yillarda Madrid grandi safida harakat qilgan. U jamoa safida 266 ta o'yinda 47 ta gol urib, 46 ta assist bergan.