"Atletiko" "Real"ning 34 yil oldingi rekordini yangiladi

Madridning "Atletiko" klubi "Real Ovedo"ga qarshi bahsda tezkor gol urdi. 16-daqiqada Aleksandr Syorlot mehmonlar darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, oradan yana o'n daqiqa o'tib, "matraschilar"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
MisterChip xabariga ko'ra, "Atletiko" La Liga tarixida dastlabki 14 turning har bir o'yinida birinchi golni urgan birinchi jamoaga aylandi. Avvalgi rekord "Real"ga tegishli bo'lib, u 1991/92 yilgi mavsumda ketma-ket 13 uchrashuvda hisobni ochgan.