«Atletiko» «PSJ» futbolchisini sotib olishga yaqin turibdi

«Atletiko» Li Kan In bilan shartnoma imzolashga yaqin.
Madrid klubi «PSJ» yarim himoyachisining transferi bo'yicha muzokaralarni yakunlash arafasida turibdi, deb yozadi Marca nashri. Koreyalik futbolchining ko'chib o'tishi «Atletiko»ga taxminan 35 million evroga tushishi kutilmoqda.
Li Kan In yozgi transfer oynasida «Atletiko»ning dastlabki ikki yangi a'zosidan biriga aylanishi kerak — klub shuningdek, «Bayer»dan Aleks Grimaldoning transferini 20 million evroga hal qilishga yaqin turibdi, biroq bundan tashqari boshqa kelishuvlarni ham rejalashtirmoqda.
Liga 1 ning o'tgan mavsumida xavbek 27 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar