«Atletiko» o'yinchisi kutilmaganda Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin

Madridning «Atletiko» klubi argentinalik vingeri Tyago Almada Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin.
Taniqli jurnalist Xerman Garsiya Grovaning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchiga Saudiyaning «Al-Ahli» klubi ko'z tikkan. Klub «matraschilar»ga 26 million evrolik taklif bilan chiqishi kutilmoqda. Almadaning o'zi esa kelajagi borasidagi qarorni 2026-yilgi jahon chempionatidan keyin qabul qilishni rejalashtirmoqda.
O'tgan yozda «Atletiko» Almadani Braziliyaning «Botafogo»sidan 21 million evro evaziga sotib olgan edi. Ispaniya grandi safida u barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini to'rt bor ishg'ol qildi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar