"Atletiko" norozi: CTA "Real"ga qarshi o'yindagi penalti bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatni o'rganmaydigan bo'ldi

Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) La Liga 29-turidan o'rin olgan «Real» – «Atletiko» (3:2) uchrashuvidagi Markos Lorente va Daniel Karvaxal ishtirokidagi vaziyatni ko'rib chiqmaydi.
O'yinning 10-daqiqasida «Atletiko» futbolchisi darvozaga zarba berib bo'lgan vaziyatda, Karvaxal «Real» jarima maydonchasi ichida "podkat" bilan Lorenteni yiqitgan edi. Bosh hakam Xose Munuera Montero ushbu vaziyatda qoida buzilishini qayd etmagan.
Jurnalist Isaak Foutoning ma'lumotiga ko'ra, CTA Federiko Valverdening Aleks Baenaga qarshi ishlatgan foli uchun chetlatilishi bilan bog'liq vaziyatni o'rganib chiqadi va o'z xulosalarini oshkor qiladi, biroq Karvaxal va Lorente to'qnashuvini ko'rib chiqmaydi. «Atletiko» rahbariyati bunday yondashuvdan norozi.