"Atletiko"ning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Madridning "Atletiko" klubi qanot vingeri Juliano Simeone jamoaning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
22 yoshli argentinalik futbolchi "matraschilar" safida o'tgan oy davomida 5 ta o'yinda 2 ta gol urib, 1 ta assist bergan.
Hozirda Transfermarkt uni 34 million evroga baholamoqda. Shartnoma 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.