"Atletiko"ning ikki asosiy futbolchisi "Barselona"ga qarshi o'ynamasligi kutilmoqda

Seshanba oqshomida "Atletiko" La Liga doirasida "Barselona" mehmoni bo'ladi.
AS nashri xabariga ko'ra, ushbu o'yinda "matraschilar"ning asosiy o'ng qanot himoyachisi Markos Lorente jarohat sabab maydonga tushmaydi. Shuningdek, markaziy himoyachi Robin le Normanning ham uchrashuvdagi ishtiroki katta so'roq ostida.
"Barselona" - "Atletiko" uchrashuvi 2 dekabr tungi soat 01:00'da start oladi.