Hozirda "Real Ovedo" safida ijarada harakat qilayotgan darvozabon Xoratsiu Moldovan yanvar oyida yana "Atletiko"ga qaytadi.

"Matraschilar" 27 yoshli ruminiyalik golkiperni o'yin amaliyoti yo'qligi sabab qaytarib oladi. U katta ehtimol bilan boshqa klubga ijaraga beriladi.

Xoratsiuga Italiya klublaridan qiziqish bor. U o'tgan mavsumni "Sassuolo" safida ijarada o'tkazgan edi.

Moldovanning "Atletiko" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.