«Atletiko» «Barselona»ga qarshi o'tkazilgan so'nggi ettita o'yinning faqat bittasida g'alaba qozongan.

Bugun La Liganing 30-turi doirasida Madrid jamoasi kataloniyaliklarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi oxirgi ettita uchrashuvning beshtasida «blaugrana» zafar quchgan bo'lsa, «matraschilar» hisobida bitta g'alaba mavjud. Yana bir bahsda durang qayd etilgan.

8 aprel kuni «Barselona» va «Atletiko» Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida yana to'qnash kelishadi.